
Fikr-mulohazalar
Erik Beysvenger
Bavariyaning Yevropa ishlari va xalqaro munosabatlar bo‘yicha davlat vaziri
Men bunday markazni hali ko‘rmaganman. U nihoyatda zamonaviy bo‘lib, islom dini, sizning boy madaniyatingiz va an’analaringizni dunyoning turli burchaklaridan kelgan mehmonlarga yaqin va tushunarli tarzda namoyon etadi. Shu bilan birga, markazda ilm-fanga ham alohida e’tibor qaratilgani tahsinga loyiq.
Bu maskan nafaqat yoshlarni qiziqtiradi, balki ularni ilhomlantirib, yangi izlanishlarga undaydi. Menimcha, uning tarbiyaviy ahamiyati nihoyatda katta va bunday tashabbuslarni faqat qo‘llab-quvvatlash kerak.
Ushbu markaz madaniyatlarimiz, jamiyatlarimiz va davlatlarimiz o‘rtasida mustahkam ko‘prik vazifasini o‘taydi.
Biz madaniy va ijtimoiy almashinuvni rivojlantirishdan manfaatdormiz, shuningdek, sizlarning yondashuvlaringizni ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. Chunki O‘zbekistonni Bavariya va umuman Germaniyada yanada kengroq tanitish muhim, deb hisoblaymiz.
Avvalo, bu markaz o‘ziga xos va noyob — bunday majmua hali mavjud emas. Ikkinchidan, uni qisqa fursatda va yuqori sifat darajasida barpo etish alohida e’tirofga loyiq. Uchinchidan, bu zamonaviy va interaktiv muzey bo‘lib, u ming yillik tarixni qisqa vaqt ichida keng jamoatchilikka yetkazish imkonini beradi.
Shuningdek, ushbu markaz O‘zbekistonning dunyoga ochilishida muhim rol o‘ynaydi va mamlakatingizning o‘ziga xos jihatlarini keng namoyish etadi.
