Fikr-mulohazalar

Lars Rasmussen

Lars Rasmussen

Daniya tashqi ishlar vaziri

Odamlarga islom faqat din emas, balki ilm-fan, ma’rifat va taraqqiyot bilan ham chambarchas bog‘liq ekanini ko‘rsatish g‘oyasi menga juda katta taassurot qoldirdi. 

Bu yerda sizlarning ajdodlaringiz tomonidan amalga oshirilgan ko‘plab ilmiy kashfiyotlar va ixtirolar haqida bilish mumkin. Men uchun bu haqiqatan ham juda qiziqarli va katta taassurot qoldirgan tajriba bo‘ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu markazni barpo qilar ekan, dunyo hamjamiyatiga bir xabar yetkazishni maqsad qilgan. Bu — o‘zaro bog‘liqlik, hamkorlik va bag‘rikenglik xabari. 

Yana bir jihatni aytishim kerak: men Markazning hatto uchdan bir qismini ko‘rdim, xolos. Shuning uchun bu yerga yana qaytib kelishim kerak.

Umid qilamanki, bu tashrifimiz O‘zbekiston va Daniya o‘rtasidagi yanada yaqin hamkorlikning yangi boshlanishi bo‘ladi. Kelajakda ko‘plab daniyalik yoshlarning O‘zbekistonga kelib, ushbu go‘zal majmuaga tashrif buyurishlarini istardim. Shuningdek, Daniyada saqlanayotgan tarixiy artefaktlar bilan ham o‘zbekistonliklar va boshqa mehmonlar yaqindan tanishishlari mumkin.