
Islom sivilizatsiyasi markazi haqida xorijiy nashrlar va axborot agentliklaridagi materiallar.
Xorijiy nashrlar va axborot agentliklari Islom sivilizatsiyasi markazi haqida nimalar yozmoqda.


The Caspian Post saytida e’lon qilingan maqolada O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi orqali o‘zining boy ilmiy va madaniy merosini jahon hamjamiyati e’tiboriga havola etayotgani keng yoritildi. Materialda markaz asrlar davomida shakllangan intellektual an’analarni zamonaviy ilmiy-innovatsion formatda namoyon etishi, qariyb ikki mingga yaqin noyob qo‘lyozma va artefaktlarning xalqaro hamkorlik orqali Vatanga qaytarilgani hamda mazkur majmua global muloqot va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi hamkorlik maydoniga aylanayotgani alohida ta’kidlangan.

2026-yilda dunyoda muzeylar e’tibor markaziga aylansa, O‘zbekiston ham madaniy xaritada o‘z o‘rnini mustahkamlashga tayyor. Toshkentda ochilishi kutilayotgan Islom sivilizatsiyasi arkazi nafaqat tarixiy boyliklar, shu jumladan VII asrga oid Usmon Qur’oni va 2 000 dan ortiq qo‘lyozmalar bilan mehmonlarni hayratga soladi, balki sun’iy intellekt va VR texnologiyalari orqali tarix va madaniyatni yangi va interaktiv tarzda namoyon etadi. Mazkur markaz shaharning markazidagi ulkan firuza rangli ulkan kubbasi bilan ajoyib ko‘rinishga ega bo‘lib, sayyohlar va olimlar uchun muhim madaniy maskanga aylanishi kutilmoqda.

