
1938
Katta Langar Qurʼoni noyob qoʻlyozmasi ilk bor toʻliq tiklanib, faksimil nashrda taqdim etildi
Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda tarixiy xotirani tiklash, maʼnaviy merosni asrab-avaylash va uni ilmiy asosda oʻrganish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Ana shunday ezgu saʼy-harakatlar natijasida islom dunyosidagi eng qadimiy va noyob yozma manbalardan biri — Katta Langar Qurʼoni ilk bor ilmiy jihatdan toʻliq oʻrganilib, tarqoq sahifalari birlashtirildi va faksimil nashr sifatida jahon jamoatchiligiga taqdim etildi. Bu qoʻlyozmaning qayta jonlanishi nafaqat tarix, balki millat maʼnaviyati uchun ham ulkan ahamiyat kasb etadi.




