
1856
Buyuk Britaniyadan keltirilgan yoʻlbars qiyofasidagi kalligramma Toshkentda!
XVII asr oxiriga oid noyob kalligrammada harflar jonlanib, qudratli yoʻlbars timsoliga aylangan. Bugun ushbu betakror asar Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida namoyish etilib, islom xattotlik sanʼatida matn, obraz va ramz qanday qilib bir butun estetik tizimga aylanganini yaqqol namoyon etmoqda.




