
1373
Ufadagi xalqaro anjumanda Islom sivilizatsiyasi markazining ilmiy tashabbuslari taqdim etildi
2026-yil 14-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida Boshqirdiston Respublikasi rahbari Radiy Xabirov ishtirokida «Islom omillari va qadriyatlari» XVII Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Anjuman doirasida tashkil etilgan «Evroosiyo makonida islom ta’limini rivojlantirish» mavzusidagi II xalqaro davra suhbatida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ilmiy-ma’rifiy faoliyati va xalqaro hamkorlikka qaratilgan tashabbuslari taqdim etildi.




