
Markaz yangiliklari: tadbirlar va konferensiyalar, loyihalar va xalqaro tashabbuslar, delegatsiyalar tashrifi hamda ilmiy materiallar.


O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyining Ikkinchi Renessans davri bo‘limida namoyish etilayotgan Oqsaroy, Dorus-Saodat va Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi maketlari temuriylar davri arxitekturasini yagona konseptual manzara sifatida ochib beradi.

Ming yillar davomida qo‘lyozmalarni asrab kelgan, Navoiy va Ulug‘bek davrida ilm-fan taraqqiyotiga xizmat qilgan, bugun esa YUNЕSKO ro‘yxatiga kiritilgan Samarqand qog‘ozi — O‘zbekistonning eng noyob madaniy meroslaridan biridir. VIII asrda shakllangan ushbu an’ana Buyuk Ipak yo‘li orqali Sharq va G‘arbni bog‘lab, sivilizatsiyalar o‘rtasida bilim almashinuviga xizmat qilgan. Bugun Konigildagi “Meros” ustaxonasida qadimiy texnologiyalar asosida qayta jonlantirilgan Samarqand qog‘ozi nafaqat tarixiy yodgorlik, balki zamonaviy dizaynerlik va restavratsiya sohasida ham yuksak qadrlanmoqda.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Boburiylar sulolasiga bag‘ishlab tashkil etilgan alohida ekspozitsiya nafaqat nodir artefaktlar jamlanmasi, balki Markaziy Osiyo va Hind sivilizatsiyalari o‘rtasidagi chuqur tarixiy va ma’naviy bog‘liqlikni ochib beruvchi ilmiy-ma’rifiy maydon sifatida e’tiborga molik.