
Markaz yangiliklari: tadbirlar va konferensiyalar, loyihalar va xalqaro tashabbuslar, delegatsiyalar tashrifi hamda ilmiy materiallar.


O‘zbekiston boy tarixiy va ilmiy merosini zamonaviy tadqiqotlar, raqamli texnologiyalar va xalqaro hamkorlik bilan uyg‘unlashtirib, jahon miqyosidagi mavqeini mustahkamlamoqda. Agenda Nexus instituti asoschisi Oden Agapurning maqolasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Uchinchi Renessans g‘oyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro ahamiyati hamda YuNESKO doirasida ilgari surilgan tashabbuslar mamlakatning ilm-fan va madaniy diplomatiya sohasidagi yangi imkoniyatlari nuqtai nazaridan tahlil qilingan.


«Diplomatic Society» jurnalining muallifi Regina Viala-Simm o‘z maqolasida Toshkent va Samarqandda o‘tkazilgan «Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar» xalqaro media-forumi haqida so‘z yuritib, Markazning nafaqat noyob tarixiy yodgorliklarni asrab-avaylash, balki ularni zamonaviy media, raqamli texnologiyalar va ilmiy tadqiqotlar orqali kelajak avlodlarga yetkazishdagi ahamiyatini yoritadi.