
947
I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi ishtirokchilari 10 ta global tashabbusni ilgari surdi
Ayni kunda Toshkentda o‘tayotgan I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi ishtirokchilari Islom sivilizatsiyasi merosini o‘rganish, asrash, raqamlashtirish va dunyo miqyosida targ‘ib qilishga qaratilgan 10 ta global tashabbusni ilgari surdi. Takliflar orasida Islom sivilizatsiyasi Butunjahon forumi, xalqaro raqamli reyestr, global raqamli kutubxona, xalqaro mukofot, tadqiqot jamg‘armasi, muzeylar ittifoqi va 2030 - yilgacha bo‘lgan xalqaro “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish kabi tashabbuslar bor.




