
Qohirada O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro taqdimoti bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizning boy tarixiy, ilmiy va madaniy merosini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Misr Arab Respublikasi poytaxti Qohira shahrida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro taqdimoti bo‘lib o‘tdi.




