
Markaz yangiliklari: tadbirlar va konferensiyalar, loyihalar va xalqaro tashabbuslar, delegatsiyalar tashrifi hamda ilmiy materiallar.


O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 2026-yil 24–29 sentyabr kunlari Toshkent shahrida “O‘zbekiston–Turkiya madaniyat va san’at uchrashuvlari — Turk kino kunlari” madaniy tadbirlari o‘tkazilmoqda.

XIV asrning oxirgi choragi – XV asr Markaziy Osiyo tarixida haqli ravishda ilm-fan va madaniyat yuksak cho‘qqilarga ko‘tarilgan davr hisoblanadi. «Temuriylar Renessansi» nomi bilan tarixga kirgan mazkur fenomen negizida, eng avvalo, buyuk davlat arbobi va benazir sarkarda Amir Temur hamda uning avlodlari hukmronligi davomida shakllangan va ilmu ma’rifatga asoslangan bunyodkorlik muhiti yotadi.
