
Markaz yangiliklari: tadbirlar va konferensiyalar, loyihalar va xalqaro tashabbuslar, delegatsiyalar tashrifi hamda ilmiy materiallar.


O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilish marosimi arafasida Markaz uchun tayyorlanayotgan qisqa metrajli hujjatli filmlar va videomateriallar yuzasidan muhim muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov hamda mashhur rejissyor Ali Hamroyev va bir necha ijodkorlar, rejissyorlar ishtirok etib, loyihalar mazmuni va vizual yechimlarini atroflicha tahlil qildi.

BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qator muhim taklif va tashabbuslar ilgari surilgan. Ushbu tashabbuslar qatorida BMTda maxsus taqdimot o‘tkazish ham o‘rin olgan. Ushbu tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 22-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi hamda Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi hamkorlik samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida PQ–314-son qaror qabul qilingan. Mazkur qaror ilovasiga ko‘ra BMTda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda buyuk allomalar merosiga bag‘ishlangan maxsus taqdimot o‘tkazish vazifasi belgilangan.
