
1695
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nufuzli xalqaro Condé Nast Traveler nashrida e’tirof etildi
Toshkent, O‘zbekiston — sayohat va madaniyatga bag‘ishlangan dunyoning yetakchi jurnallaridan biri Condé Nast Traveler “The Best Places to Visit in June, From Route 66 to Uzbekistan” (“Iyunь oyida sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar: Route 66 dan O‘zbekistongacha”) nomli materialida Toshkent shahri va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini iyunь oyida sayohat qilish uchun eng yaxshi yo‘nalishlar ro‘yxatiga kiritdi.




