
1547
Yeni Konya:"Toshkentdagi muhtasham majmua: Islom sivilizatsiyasi markazi"
Turkiyaning “Yangi Konьya” (“Yeni Konya”) gazetasida chop etilgan maqolada Toshkentda barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi Yangi O‘zbekistonning ilmiy va ma’naviy yuksalish ramzi sifatida e’tirof etildi. Nashr markazni nafaqat muhtasham me’moriy inshoot, balki o‘tmish, bugun va kelajakni bog‘lovchi ulkan madaniy-ma’rifiy makon sifatida tavsiflaydi. Materialda mazkur loyiha mamlakatning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan tarixiy hissasini zamonaviy texnologiyalar va noyob ekspozitsiyalar orqali namoyon etishi, shuningdek, milliy merosni asrab-avaylash va uni jahon jamoatchiligiga yetkazish yo‘lidagi strategik qadam ekani alohida ta’kidlangan.




