
Ekspozitsiyada Kisva va XIII asrga oid Ka’ba kaliti BMT mutaxassislarini qiziqtirib qo‘ydi
Miloddan avvalgi I ming yillikka oid bug‘u haykalchasi, tilla va zumrad bilan bezatilgan buyumlar, XIII asr Ka’ba eshigi kaliti… Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) delegatsiyasi Islom sivilizatsiyasi markazida tarix va texnologiyalar uyg‘unligini ko‘rib, go‘yo o‘tmish sahifalariga sayohat qilgandek bo‘ldi.




