
“Bu tajriba boshqa mamlakatlar uchun ham muhim” – italiyalik professorning xulosasi
Islom sivilizatsiyasi markazida taqdim etilgan ekspozitsiyalar xorijlik olimlar tomonidan xalqaro ilmiy yondashuv namunasi sifatida baholanmoqda. Markazga tashrif buyurgan Italiyaning Sapiyenza universiteti professori Marko Di Brankoda Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) ning diplomatik maktublari va Beruniy globusi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. “Bu yerda nafaqat bilim olasiz, balki yangi ilmiy va madaniy qarashlarga ega bo‘lasiz”, — dedi u Markaz ekspozitsiyalari bilan tanishar ekan.




