
754
Indoneziya Haj va Umra vaziri: "O‘zbekiston Indoneziya xalqi qalbida alohida o‘ringa ega"
Indoneziya Haj va Umra vaziri Muhammad Irfan Yusuf boshchiligidagi delegatsiya Islom sivilizatsiyasi markazida O‘zbekistonning boy ilmiy-ma’naviy merosi bilan tanishdi. Tashrif davomida Imom Buxoriy merosi, Naqshbandiya ta’limoti hamda O‘zbekiston va Indoneziya xalqlarini bog‘lab turuvchi tarixiy rishtalar alohida ta’kidlandi.




