
1008
O‘zbekiston islom va turkiy dunyoning intellektual kelajagini birlashtirmoqda
Islom sivilizatsiyasining haqiqiy mazmun-mohiyatini ochib berish, uning ilm-fan, madaniyat va ma’naviy taraqqiyotga qo‘shgan ulkan hissasini namoyon etish, shuningdek, zamonaviy dunyoda tinchlik, bag‘rikenglik va ma’rifat g‘oyalarini keng targ‘ib qilish maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan dunyoning 40 dan ortiq davlatidan 300 nafarga yaqin davlat va jamoat arboblari, vazirlar, muftiylar, yetuk ulamolar, akademiklar, tadqiqotchilar, muzey va kutubxona rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.




