
Agenda Nexus: “O‘zbekistonning madaniy renessansi”
O‘zbekiston boy tarixiy va ilmiy merosini zamonaviy tadqiqotlar, raqamli texnologiyalar va xalqaro hamkorlik bilan uyg‘unlashtirib, jahon miqyosidagi mavqeini mustahkamlamoqda. Agenda Nexus instituti asoschisi Oden Agapurning maqolasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Uchinchi Renessans g‘oyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro ahamiyati hamda YuNESKO doirasida ilgari surilgan tashabbuslar mamlakatning ilm-fan va madaniy diplomatiya sohasidagi yangi imkoniyatlari nuqtai nazaridan tahlil qilingan.





