Turkiyaning nufuzli axborot makoniga kiruvchi Anadolu Agency hamda Ensondakika va Etikhaber nashrlarida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi haqida materiallar e’lon qilinib, unda mazkur majmua o‘zbek xalqining 3 ming yillik tarixini zamonaviy texnologiyalar orqali jonli va yaxlit tarzda namoyon etuvchi noyob ilmiy-madaniy makon sifatida baholanadi. Maqolalarda markazning nafaqat muzey, balki ilmiy-tadqiqot, ta’lim va xalqaro muloqot platformasi sifatidagi ahamiyati, shuningdek, uning “Yangi O‘zbekiston”dagi ma’rifiy taraqqiyot va Renessans g‘oyalarini ifoda etuvchi strategik loyiha ekaniga alohida urg‘u beriladi.