
1646
Amir Temur merosini o‘rganish uchun katta qadam: 100 dan ortiq xorijiy olimlar birlashmoqda
O‘zbekistonda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan nufuzli xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkaziladi. 2026 yil 9–11 aprel kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan mazkur anjuman mamlakatimiz ilmiy-ma’rifiy hayotidagi eng muhim voqealardan biri bo‘lishi kutilmoqda. Islom sivilizatsiyasi markazi Kengaytirilgan ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ana shu xalqaro anjumanni o‘tkazish chora-tadbirlar rejasi atroflicha muhokama qilindi.




