
1221
The Wall Street Journal: Islom sivilizatsiyasi markazi boy tarixiy merosni birlashtiradi
Nufuzli xalqaro nashr The Wall Street Journalda Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishiga bag‘ishlangan maqola chop etildi. Unda mazkur markaz Yangi O‘zbekistonning eng yirik madaniy-ilmiy loyihalaridan biri sifatida e’tirof etilgan. Temuriylar me’morchiligi an’analari asosida barpo etilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mualliflik loyihasi bo‘lgan ushbu markaz Buyuk Ipak yo‘li merosi ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy ilmiy yondashuvlar bilan uyg‘unlashgan noyob makon sifatida taqdim etilgan.




