
3397
Nur bilan jonlangan tarix: Islom sivilizatsiyasi markazida 3D mepping shou namoyish etilmoqda
Zamonaviy texnologiyalar va tarixiy xotira uyg‘unlashgan yangi madaniy makon bugun Toshkent markazida namoyon bo‘lmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va g‘oyasi asosida barpo etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rasman ochildi va bu yerda noyob 3D mepping shou tomoshabinlarga taqdim etilmoqda. Mazkur loyiha O‘zbekiston muzey makonida zamonaviy raqamli texnologiyalar orqali tarix va ma’rifat g‘oyalarini yetkazishga qaratilgan ilk yirik tashabbuslardan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda.




