
1046
Diplomat Magazine: “Islom sivilizatsiyasi markazi: Xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan megaloyiha”
Nufuzli xalqaro Diplomat Magazine nashrida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov muallifligida e’lon qilingan mazkur maqolada O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi zamonaviy davrda xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan megaloyiha sifatida ilmiy-analitik jihatdan yoritiladi. Kirish qismida muallif markazning barpo etilish tarixi, uning konseptual asoslari va global sivilizatsion muloqotni mustahkamlashdagi strategik ahamiyatini tahlil qilib, ushbu tashabbusni Prezident Shavkat Mirziyoevning strategik qarashlari asosida shakllangan yangi gumanitar model sifatida baholaydi.




