
1352
The Korea Herald: "Islom sivilizatsiyasi markazi — Markaziy Osiyo va jahon hamjamiyati uchun mega loyiha "
The Korea Herald saytida e’lon qilingan maqolada O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Markaziy Osiyo va jahon hamjamiyati uchun muhim intellektual va madaniy tashabbus sifatida baholangan. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha islom sivilizatsiyasining ilmiy-ma’rifiy merosini tiklash, uning insoniyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini keng jamoatchilikka yetkazish hamda sivilizatsiyalararo muloqotni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan.




