
1692
Qadim karvon yo’llarida siz ham yuring / fotoreportaj
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining Islomdan avvalgi davrga bag‘ishlangan bo‘limida qadimgi savdo yo‘llari tarixi interaktiv xarita orqali namoyon etilgan. Unda yurtimiz hududi orqali o‘tgan va butun mintaqa taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatgan “Lojuvard yo‘li”, “Shoh yo‘li”, “Kumush yo‘li”, “Po‘lat yo‘li” hamda “Buyuk ipak yo‘li” kabi mashhur yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar jamlangan. Bu yo‘llar nafaqat savdo, balki madaniy va ilmiy aloqalar rivoji uchun ham mustahkam poydevor vazifasini o‘tagan.




