
1232
Bernama TV: "O‘zbekiston malayziyaliklarni Islom sivilizatsiyasi markazi orqali Markaziy Osiyo tarixini o‘rganishga taklif qilmoqda"
Malayziyaning Bernama axborot agentligida e’lon qilingan materialda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Markaziy Osiyoning boy tarixi va islom sivilizatsiyasi rivojini namoyon etuvchi muhim ilmiy-madaniy maskan sifatida yoritildi. Maqolada markaz muzey, tadqiqot laboratoriyalari va yirik kutubxonalarni o‘z ichiga olgan zamonaviy majmua ekani, u mintaqaning ilmiy merosini o‘rganish va xalqaro madaniy-akademik hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlangan.




