
1364
Toshkentda Xalqaro mediaforum hal qiluvchi bosqichga kirdi
Forum dunyoning 50 ga yaqin mamlakatidan 300 ga yaqin jurnalist, OAV rahbarlari, ekspertlar va kreativ industriya vakillarini birlashtirdi. Asosiy tadbirlar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkazilyapti, poytaxt oliy ta’lim muassasalarida esa xorijiy media mutaxassislarining mahorat darslari parallel ravishda tashkil etilmoqda.




